Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo‘linib ketdi – OAV

Foto: Livejornal
Eronning eng yirik harbiy kemalaridan biri – zamonaviy Damavand fregati dengizda falokatga uchrashi oqibatida ikkiga bo‘lindi. Biroq Eron rasmiylari kema kichik talofatlar olganini ta'kidlashmoqda, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
10 yanvarda Damavand yomon ob-havo sharoiti tufayli Kaspiy dengizida, Bandar-Anzali portida to‘lqinqaytargichga (to‘lqindan saqlash uchun g‘ov) urilgan. O‘shanda to‘lqinlar balandligi 4 metrgacha yetgan.
Voqea oqibatida kemadagi 6 kishi bort ortiga tushib ketgan. Keyinroq 3 dengizchi halok bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lgan.
17 yanvarda Eron internet resurslarida falokatga uchragan fregat surati tarqaldi. Suratga ko‘ra, kema o‘tgan davr ichida nafaqat toshlar ustidan tortib olingan, balki qisman dengizga cho‘kkan. Bundan tashqari, uning orqa qismi “darz ketganini” ko‘rish mumkin.
Fregat 100 metr uzunlikka ega bo‘lib, suv sig‘imdorligi 1300 tonnani tashkil qiladi. Eron harbiy-dengiz kuchlari safiga 3 yil avval kiritilgan.
Mavzuga oid

13:05 / 09.07.2025
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

05:05 / 09.07.2025
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters

21:29 / 08.07.2025
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV

20:48 / 08.07.2025