Jamiyat | 12:05 / 23.01.2018
15999
2 daqiqa o‘qiladi

“Nasib qilsa, hammasi yaxshi bo‘ladi!” Uch yoshli bemor Muhammadziyo Hindistonga jo‘nab ketdi

Foto: KUN.UZ

KUN.UZ nashri Andijon viloyati, Izboskan tumani, To‘rtko‘l qishlog‘ida yashovchi oilaning uch yoshli murg‘ak farzandi - Muhammadziyo Obidjonovning Hindistonga borib, jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishi uchun bundan o‘n kun avval yaxshi niyatlar bilan xayriya aksiyasini boshlagan edi.

Xayriyatki, jajji bolajonning muammosi bag‘ri keng, saxovatli o‘quvchilarimizni befarq qoldirmadi. Juda ko‘plab insonlar savob umidida Muhammadziyoning hind yurtida davolanishi uchun baholi qudrat yordam berdilar.

Kuni kecha Muhammadziyo onasi Go‘zalxon bilan Toshkent xalqaro aeroportidan Hindiston sari uchib ketdi.

Saytimiz vakillari safarga otlangan yurtdoshimizni kuzatishga chiqdi. “KUN.UZ sayti orqali maqola e'lon qilingach, yaxshi insonlar mablag‘ jo‘natish bilan birgalikda telefon orqali Muhammadziyoning sog‘ligini so‘rab, ko‘nglimizni ko‘targani ham dalda bo‘lyapti. Bizga yaxshilik qilgan insonlar hech qachon g‘am ko‘rmasin. Qo‘lni duoga ochib, yaxshi niyatlar bilan farzandimizni kuzatib qolyapmiz”, - deydi uning bobosi Obidjon aka.

Muhammadziyoni Hindistonda murakkab jarrohlik amaliyoti kutib turibdi. Jajji bolajonga o‘zga yurtdan eson-omon, sog‘lik-salomatlikda qaytishini tilab, Muhammadziyoga yaqindan ko‘mak bergan barcha o‘quvchilarimizga, uning yaqinlari va saytimiz a'zolari nomidan chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Barchamizni tilagimiz bir: “Nasib qilsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Bolajonimiz sog‘ayib qaytsin”.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Xayriya aksiyasida qatnashgan barcha Azizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Muhammadziyoga ochilgan xayriya aksiyasi o‘z yakuniga yetdi.

Mavzuga oid