YPX va PPX xodimlari videokamera bilan ta'minlanadi

Foto: KUN.UZ
IIO xodimlari tomonidan sodir etiladigan poraxo‘rlik va boshqa suiiste'molliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar 2018 yil uchun Davlat dasturidan o‘rin olgan (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan).
Norma.uz xabariga ko‘ra, IIV, Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joriy yilning 20 sentabriga qadar jamoat xavfsizligini ta'minlashda IIO faoliyatiga ochiqlik va shaffoflik mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish topshirilgan.
Xususan, yo‘l-patrul va patrul-post xizmatining barcha xodimlari ular tomonidan o‘z xizmat vazifalari bajarilishining borishi, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonini qayd etish imkonini beruvchi videokameralar bilan ta'minlanishi kerak. Bu poraxo‘rlik va boshqa suiiste'molliklarni oldini olishga xizmat qiladi.
Ushbu hujjat 23.01.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

15:27 / 19.08.2024
Toshkentda PPX inspektori kaltaklandi

11:53 / 23.09.2023
Yirik bozorlar va bog‘larning kirish joyiga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi

07:47 / 11.08.2023
Qo‘yliq bozorida PPX xodimiga otvyortka bilan jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

16:24 / 12.04.2023