Pentagon sobiq rahbari Rossiya bilan ehtimoliy urush bo‘yicha reja ishlab chiqishni taklif etdi

Foto: Alex Brandon/AP
Pentagon sobiq rahbari Eshton Karterning ma'lum qilishicha, NATO Rossiya bilan ehtimoliy mojaro holati bo‘yicha harbiy harakatlar rejasini ishlab chiqishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Karter Davosda Butunjahon iqtisodiy forumi doirasidagi kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha sessiyada shunday bayonot bilan chiqdi.
«Mening fikrimcha, bizga va NATOdagi hamkasblarimizga Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar rejasini ishlab chiqish kerak. Shuningdek, bizga Boltiqbo‘yi mamlakatlariga «yashil odamchalarning» ehtimoliy bostirib kirishi holati yuzasidan reja kerak, Rossiya u yerda milliy ozchilikdan foydalanishi mumkin», - deya Karterning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyani Berlin devori qulaganidan beri harbiy raqib sifatida ko‘rmagan, biroq ayni damga kelib vaziyat o‘zgardi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yevropalik hamkasblariga Rossiya «tajovuzkorligi»ga qarshi koalitsiya tuzish taklifi bilan murojaat qilgandi.
Mavzuga oid

16:35
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025