Jamiyat | 00:47 / 04.02.2018
49449
1 daqiqa o‘qiladi

Ovchi o‘zi urib tushirgan o‘rdakdan “qasosga uchradi”   

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

AQShning Merilend shtatida yashovchi erkak boshiga o‘lik o‘rdak tushgandan keyin shifoxonaga yetkazildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea erkak ov qilayotgan vaqtda yuz bergan. 51 yoshli erkak o‘rdakni o‘qqa tutgandan keyin jonsiz qush to‘g‘ri uning boshiga tushgan. Natijada ovchi hushini yo‘qotib, boshi va yuzidan jarohat olgan va ikkita tishidan ayrilgan. U yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan.  

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda erkakning ahvoli barqaror. 

Mavzuga oid