Olimpiada yopilish marosimida AQSh delegatsiyasiga Ivanka Tramp rahbarlik qiladi

Foto: CNN
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi va katta maslahatchisi Ivanka Tramp Pyongchangdagi qishki olimpiya o‘yinlari yopilish marosimida Amerika delegatsiyasiga rahbarlik qiladi. Bu haqda CNN telekanali Oq uydagi manbaga asosan xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Donald Trampning shaxsan o‘zi qiziga bu boradagi tegishli iltimos bilan chiqqan. Ivanka amerikalik sportchilar qatnashadigan ba'zi bellashuvlarga ham kelishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ochilish marosimida Amerika delegatsiyasiga mamlakat vitse-prezidenti Maykl Pens rahbarlik qiladi.
Pyongchangdagi qishki olimpiya o‘yinlari 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi

18:19 / 03.12.2020
Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi

21:37 / 12.04.2019
Tramp nima uchun Jahon banki rahbarligiga qizining nomzodini ilgari surmaganini aytdi

14:03 / 12.01.2019