Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lionel Messi Alfa-bank yuziga aylandi

Foto: Alfa-bank
Argentina terma jamoasi va «Barselona» futbol klubi o‘yinchisi Lionel Messi Alfa-bankning 2018 yilgi yuziga aylandi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Avvalroq rossiyalik sport jurnalisti Nobel Arustamyan tvitterdagi sahifasida shu haqda aytib o‘tgandi. «Demak, Messi Rossiyaga yanada yaqinroq bo‘ldi», - deya yozgan u. Jurnalistning qayd etishicha, futbolchi endilikda «Alfa-bankning yuzi». Bu tashkilot Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining rasmiy banklaridan biri sanaladi.
Bunga qadar Messining Alfa-bank logotipidagi futbolkada o‘tirgani tasvirlangan fotosuratini Life o‘z Telegram-kanalida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025