Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qur'on musobaqasiga Payme tizimi orqali homiylik qilish imkoni tug‘ildi

Ayni kunlarda O‘zbekistonning turli hududlarida Qur'on musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Unda qori va qoriyalar bahslashib, g‘oliblar aniqlanmoqda.
Qorilar orasidagi mutlaq g‘oliblarni taqdirlash va barcha qori ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirish ishlari diniy idora, joylardagi vakillik va homiylar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Qorilarni qo‘shimcha ravishda taqdirlashni istagan, farzandu arjumandlari ham dunyoda mana shunday ko‘zni quvontiradigan, oxiratda esa ota-onasiga toj kiydiradigan qoriyu qurrolar bo‘lishini niyat qilgan uzoq-yaqindagi saxovatpesha kishilar homiylik qilish taklifi bilan chiqishmoqda.
Homiylik qilish istagini bildirgan himmatli insonlar uchun “O‘zbekiston Qur'on musobaqasi” tashkiliy hay'ati tomonidan maxsus hisob raqami ochilgan edi. Biroq bu bankka borish va ortiqcha ovoragarchilikni tug‘dirgani uchun, barchaga qulay bo‘lgan Payme tizimi orqali to‘lovni amalga oshirish xizmati ishga tushirildi.
Endi, xayru saxovatlar qilishni xohlagan yurtdoshlarimiz maxsus hisob raqamga osongina muruvvat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid

19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?

14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi

12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi

19:02 / 19.03.2024