Rossiya maxsus xizmatlari «Ukraina» kreyserini portlatib yuborishga urindi – Ukraina

Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Viktor Kononenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya maxsus xizmatlari «Ukraina» raketa kreyserini (tezyurar katta harbiy kema) portlatib yuborishga harakat qilgan. Bu haqda mahkama saytida xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, qo‘poruvchilik harakatida rossiyalik David Ponomarev va uning hamtovoqlari gumonlanmoqda. Mahkamadan iddao etishlaricha, ular 1996 yildan beri foydalanilmayotgan kreyserni Ukraina Konstitutsiyasi kunida portlatib yuborishni rejalashtirgan. Bu aholini qo‘rqitish uchun qilinishi kerak bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko «katta urush»ni taxmin qilgandi.
Mavzuga oid

18:53
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik erkak sudlandi

13:16
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

20:53 / 06.06.2025