O‘zbekiston delegatsiyasi YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2018 yilning 27 fevral kuni Budapesht shahrida «Vishegrad guruhi» va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ish vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burian bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, Yevropa tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerinining 2017 yil 9-10 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sherikchilik hamda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni yangilash bo‘yicha muzokaralarni boshlash va imzolash yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar, hamkorlikning qo‘shma institutlari majlislari va boshqa tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak

22:50 / 21.05.2025
RFga qarshi sanksiyalarning 17-paketi: nishonda yana tankerlar

20:16 / 21.05.2025
O‘zbekistonning yana bir kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi

13:48 / 21.05.2025