Xitoy bosh vaziri lavozimga qayta tasdiqlandi

© RIA Novosti / Sergey Guneyev
Xitoyning oliy qonunchilik organi (Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini) deputatlari Li Ketsyan nomzodini Xitoy davlat kengashi raisi lavozimiga ikkinchi muddatga ham tasdiqlashdi.
Uning nomzodi Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Jinping tomonidan ilgari surilgandi.
Nomzod uchun yashirin ovoz berish jarayoni yakshanba kuni, Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 13-chaqiriq, birinchi sessiyasi oltinchi yalpi yig‘ilishida o‘tkazildi.
Li Ketsyan XXR bosh vaziri lavozimiga ilk marta 2013 yil martida Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini 12-chaqirig‘i sessiyasida tasdiqlangandi.
Xitoy Konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vazir hukumatni 5 yillik ikki muddatda boshqarishi mumkin.
Mavzuga oid

14:58 / 25.06.2025
Xitoy O‘zbekistonga eski mashina nomi ostida yangi mashinalar yetkazib bermoqda – OAV

14:55 / 24.06.2025
Xiaomi, Ugreen va Baseus xavfsizlik tahdidi tufayli pauerbanklarni qaytarib olishni boshladi

08:26 / 24.06.2025
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi xavfi haqida ogohlantirdi

16:04 / 23.06.2025