Jahon | 21:50 / 20.03.2018
17966
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Rossiyalik diplomatlar va ularning oilalari Buyuk Britaniyadan chiqarib yuborildi

Seshanba kuni 23 nafar rossiyalik diplomat Buyuk Britaniya hukumati talabi bilan Birlashgan Qirollik hududini tark etdi.

Diplomatlar va ularning oila a'zolaridan iborat bo‘lgan jami 80 nafar kishi «Aeroflot»ning maxsus reysi bilan Stensteddan Moskvaga uchdi.

Britaniyalik diplomatlarning chiqarilib yuborilishiga javoban Rossiyadan ham britaniyalik diplomatlar vatanlariga qaytarib yuboriladi.

Rossiya Federatsiyasi va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar Angliya janubidagi Solsberi shahrida rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal va uning zaharlanishi ortidan keskin yomonlashdi. Britaniya tomoni Skripalni SSSR davrida ishlab chiqarilgan «Novichok» nomli asab tizimini falajlovchi modda bilan zaharlashganini iddao etishmoqda.

Shundan keyin, 13 mart kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiyani ushbu suiqasdga aloqador deb e'lon qildi va bir qator choralar, jumladan, 23 nafar rossiyalik diplomatning mamlakatdan chiqarib yuborilishini bildirdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 17 mart kuni Buyuk Britaniya bilan munosabatlarda javob choralarini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, bir hafta muddat ichida Britaniya elchixonasining non-grata deb e'lon qilingan 23 nafar xodimi Rossiyani tark etadi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid