Jamiyat | 16:54 / 21.03.2018
5994
2 daqiqa o‘qiladi

USENET-2018 konferensiyasi blokcheyn va kontent yaratishga bag‘ishlanadi

Foto: USENET-2018

27 aprel kuni Toshkentda marketing, reklama va IT sohasidagi mutaxassislarni birlashtiradigan USENET internet-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbirning asosiy mavzulari blokcheyn va kontent yaratishga bag‘ishlanadi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va dunyoning turli malakatlaridan kelgan 20 dan ortiq mutaxassislar blokcheyn texnologiyasi va uni amaliyotda qo‘llash mavzusida ma'ruzalar bilan so‘zga chiqadi.

Bundan tashqari, turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi internet - OAV vakillarining chiqishlari ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tadbir doirasida ikkita mavzuga oid guruhiy muhokamalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Qolaversa, Google, Samsung, Mail.ru, Beeline Uzbekistan, «Yandeks» va yetakchi kompaniya vakillarining chiqishlari ham rejalashtirilgan.

Doimiy an'anaga muvofiq konferensiya International Hotel Tashkent mehmonhonasining 2 ta majlislar zalida o‘tkazilib, bir kun davom etadi.

Bu tadbir siz uchun Digital sohasini o‘zlashtirish, yangi va foydali tanishuvlar orttirish, muhokamalarda qatnashib, yetakchi mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Tadbir tashkilotchisi - Ledokol Group media agentligi. Konferentsiya O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Konferentsiya homiylari: Samsung, Click mobil banking tizimi hamda «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i.

Tadbirda qatnishish bepul. Kirish taklifnomalar asosida. Tadbirda qatnashish uchun buyurtmangizni konferensiyaning rasmiy saytida qoldiring.

Mavzuga oid