General-mayor Abdulla Qo‘ldoshev Rossiyaga bordi

Foto: IIV
Ayni kunlarda Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i general-mayor A.Qo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti xabar berdi.
Delegatsiya a'zolari Davlat yong‘inga qarshi xizmati Akademiyasi (Moskva shahri)ning faoliyati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, bu yerda yaratilgan keng sharoitlar, o‘quv poligonlari hamda boshqa bir qator imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birgalikda, tashrif doirasida har ikkala oliy ta'lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kelgusida yanada rivojlantirish masalalarini keng muhokama qilib oldilar.
Uchrashuv so‘ngida general-mayor A.Qo‘ldoshev hamda general-mayor V.Basov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti va Rossiya Federatsiyasi FVV Davlat yong‘inga qarshi xizmati Akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi” imzolandi.
Ushbu hujjat kelgusida, tomonlar e'tirof etganlaridek, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va kursantlar (tinglovchilar)ning o‘zaro tajriba almashishlari, ilg‘or pedagogik usullarni joriy qilishlari, birgalikda ilmiy izlanishlar ustida ish olib borishlari kabi yana ko‘plab sohalar rivojiga amaliy hissasini qo‘shadi.
Yong‘in xavfsizligi instituti delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025