Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Toshkentdagi konferensiya arafasida Afg‘onistonda «noma'lum vertolyotlar harakatlanayotgani»dan tashvish bildirdi
Rasmiy Moskva Afg‘onistonning turli hududlarida noma'lum tomonning vertolyotlari harakatlanib, jangarilarga qo‘shimcha kuch va qurol-yarog‘ yetkazib berayotganidan xavotir bildirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 26-27 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya oldidan bergan bayonotida aytiladi.
Konferentsiyada Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rahbarlik qiladi.
«Afg‘oniston Islom respublikasining turli hududlarida noma'lum kuchlarga tegishli vertolyotlar jangarilar va qurol-yarog‘ tashish bilan band ekani aniqlandi. Afg‘oniston rasmiylari tomonidan tasdiqlangan bu axborot jiddiy tekshiruvlar o‘tkazishni talab etadi», deyilgan TIV xabarida.
Vazirlik xabarida Rossiya «Afg‘onistonda terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda hamkorlikka tayyorligi» qayd etilgan.
«Afg‘onistonga armiya va politsiyachilarning jangovar holatga keltirilishida yordam berishda davom etamiz. Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashtirilishiga qaratilgan Toshkent konferensiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz va oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishilishiga umid bildiramiz», deyilgan TIV xabarida.
Xuddi shu vaqtda Afg‘oniston xavfsizlik xizmati o‘tgan kun davomida o‘tkazilgan aksilterror amaliyotlarda 63 nafar jangari yo‘q qilingani xabar qilindi. Tolo News telekanali xabariga ko‘ra, amaliyotlar Nangarhar, Qandahor, Paqtiya va Farax viloyatlari hududlarida o‘tkazilgan.
IShID va Tolibon jangarilariga qarshi amaliyotlar orqali qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar omborlari qo‘lga kiritilgan.
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025