Afg‘oniston prezidenti Toshkentga keldi
Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra Toshkentga ishchi tashrifini amalga oshirdi.
Uni Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib olgan.
Qisqa suhbatdan keyin Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l olgan.
Ikki davlat rahbarlari 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va so‘zga chiqadi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani muzokara o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025