Tramp Putin bilan Skripal haqida nega gaplashmagani aytildi

Foto: AP
AQSh milliy xavfsizlik kengashi vakili Maykl Entonning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan o‘zaro muloqot chog‘ida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi haqida gaplashmagan, sababi Tramp quruq so‘zlardan ko‘ra harakatni ma'qul ko‘radi. Bu haqda RIA «Novosti» maslahatchining CNN’ga bergan intervyusiga asosan xabar bermoqda.
«U Putin bilan suhbatda zaharlanish mavzusini ko‘tarmaganiga sabab shundaki, AQSh ushbu muloqot chog‘ida mamlakatdan rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilayotgandi. Prezident Tramp ko‘p bora aytadiki, u quruq so‘zlarni yoqtirmaydi, balki aniq xatti-harakatlarni amalga oshirishni xush ko‘radi», - deya aytib o‘tdi Enton.
Vakilning qo‘shimcha qilishicha, AQSh rahbari Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishini xohlaydi, biroq ayni damda Rossiya tomoni Qo‘shma Shtatlar manfaatiga zid bo‘lgan yo‘lni tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson G‘arb qanday shartda Rossiya bilan do‘st bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid

11:05 / 05.06.2025
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

23:40 / 04.06.2025
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml

22:24 / 04.06.2025
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp

20:34 / 04.06.2025