Turkiya Rossiya elchisining o‘ldirilishi bo‘yicha ish doirasida Gulenni hibsga olishga order berdi

Foto: AP
Turkiya hukumati muxolifatchi Fathulloh Gulen va yana yetti kishini, jumladan AQShda istiqomat qiluvchi, Turkiya xavfsizlik xizmati sobiq xodimi Emre Usluni hibsga olish uchun order berdi. Ularning barchasi, Haberturk ma'lumotiga ko‘ra, Anqarada rossiyalik elchi Andrey Karlovning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.
Ularni hibsga olish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan Anqara prokurori Adem Oqinchi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv yakunlari bo‘yicha qabul qilindi. Shu bilan birga, Gulen rossiyalik diplomatga uyushtirilgan suiqasd tashkilotchisi sifatida tan olindi. Bu ishdagi yana yetti shaxs - Emre Uslu, Sharif Ali Takalan, Chengiz O‘zkan, Jamol Karat, Hamza Sevinch, Temel Alsanjak va Murat To‘koy, - turk huquqni muhofaza qiluvchi organlari taxminiga ko‘ra, «teraktni tashkil etishda» aybdordir. Shuningdek ular, turk prokurorlarining aniqlashicha, «konstitutsiyaviy tuzumni buzishga» harakat qilishgan.
Avvalroq Karlovning o‘ldirilishi bo‘yicha surishtiruv doirasida yana yetti kishi qamoqqa olingandi, ular orasida uch politsiyachi ham bor.
Mavzuga oid

17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi

20:30 / 17.05.2025