Apple 2020 yilga borib o‘z protsessorlariga ega bo‘ladi

Foto: AP Photo / Mark Lennihan
Apple o‘zining Mac kompyuterlar liniyasida Intel tomonidan ishlab chiqilgan mikrochiplardan foydalanishdan voz kechib, 2020 yildan o‘z chiplariga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bloomberg shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Kalamata tashabbusi" nomini olgan reja hozircha ishlab chiqarish jarayonida. U Apple qurilmalari (jumladan, kompyuterlari, iPhone smartfonlari va iPad planshetlari) o‘rtasidagi aloqani yaxshilashga yo‘naltirilgan umumiy strategiyaning bir qismi hisoblanadi.
Koropratsiyaning o‘z chiplariga o‘tishi Intel'ning moliyaviy ko‘rsatkichlariga u qadar kuchli ta'sir ko‘rsatmasligi aytilmoqda, zero kompaniya o‘z daromadining taxminan 5 foizini Apple bilan hamkorlikdan oladi.
Shuningdek manbada ta'kidlanishicha, Apple Intel'ning yangi protsessorlariga moslashmay, o‘z reja va vazifalariga muvofiq yangi Mac modellarini ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompaniya o‘z texnikasini shaxsiy chiplar bilan ta'minlovchi yagona yirik PK ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. HP, Lenovo, Dell va Asus kompaniyalari chiplarni ushbu bozordagi so‘zsiz yetakchi hisoblangan Intel'dan xarid qilishadi.
Apple daromad hajmiga ko‘ra, PK ishlab chiqaruvchilari orasida uchinchi o‘rinni egallaydi.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025