Xitoyda qurilgan birinchi aviatashuvchi suvga qachon tushirilishi ma'lum

Foto: South China Morning Post
Xitoyning Type 001A birinchi aviatashuvchisi Boxay ko‘rfazida sinov tarzida ochiq suvga chiqariladi. U Xitoyning o‘zida qurildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post gazetasi harbiy manbalarga asosan.
«Pekin suvga birinchi marta tushirilishi munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazadi, sababi Type 001A – Xitoyda butunlay loyihalashtirilgan va qurilgan birinchi aviatashuvchidir. Kemaning sinov reysi Xitoy xalq-ozodlik armiyasining harbiy-dengiz kuchlari tashkil etilganiga 69 yil to‘lishi munosabati bilan 23 aprel kuni amalga oshiriladi», - deya aytib o‘tgan manba.
Type 001A Xitoy harbiy-dengiz kuchlari tarkibidagi ikkinchi va Xitoyda to‘liq loyihalashtirilgan hamda qurilgan birinchi aviatashuvchiga aylandi. Uning qurilishi 2013 yildan beri olib borilgan bo‘lib, kema bortida 36ta «Tszyan-15» (J-15) qiruvchisi joylashtirilishi mumkin.
Mavzuga oid

20:26 / 02.06.2025
Xitoy armiyasining sobiq rahbarlaridan biri Syuy Tsilyan vafot etdi

08:37 / 02.06.2025
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

19:29 / 01.06.2025
Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi

14:11 / 30.05.2025