AQSh Meksika bilan chegarasiga 4 minggacha harbiy yuboradi

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Meksika bilan chegarasini muhofaza qilish uchun milliy gvardiyaning 2 mingdan 4 minggacha harbiysini yubormoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Trampning aytishicha, harbiylar Meksika bilan devor qurilmaguncha chegarani qo‘riqlashadi.
Tramp bu tashabbusning moliyalashtirilishi AQSh kongressi bilan kelishilgan-kelishilmaganiga aniqlik kiritmagan.
Bu voqealar ortida Meksika prezidenti Enrike Penya Neto AQSh bilan o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyorligini e'lon qildi.
“Biz ikki tomonlama hurmatga asoslangan muzokaralarga tayyormiz. Biz muzokaralardan ko‘rqmaymiz, biroq hech qachon qo‘rquv sababli muzokaralarga bormaymiz”, deb aytgan Neto.
Ta'kidlanishicha, AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush vaqtida Meksika bilan chegaraga milliy gvardiyaning 6 mingdan ko‘proq harbiysi jo‘natilgan. O‘shanda harbiylar AQSh federal agentlarini ozod qilishda ko‘maklashishgan.
Mavzuga oid

18:40
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20
AQShda bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Barcha tirik qoldi

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025