Anqara avvaldan xabardor etildi - Turkiya

Foto: Anadolu
Anqara Bashar Asad rejimiga qarshi harbiy amaliyot haqida avvaldan xabardor etilgan. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘ ma'lum qildi.
Bo‘zdog‘ning ta'kidlashicha, prezidentlar Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Donald Trampning ko‘rsatmasiga muvofiq, Suriyadagi harbiy amaliyot arafasida Turkiya hamda AQSh Bosh shtablari boshliqlarining muloqoti bo‘lib o‘tgan.
Shu bilan birga, bosh vazir o‘rinbosari Suriyaga berilgan so‘nggi zarbalar davomida «Injirlik» aviabazasidan foydalanilmaganini aytdi.
Bo‘zdog‘ning so‘zlariga ko‘ra, Suriya mojarosiga yechim topish uchun keskinlik siyosatidan voz kechish va muloqotga bor e'tiborni qaratish darkor. Boshqa yo‘llar qon to‘kilishiga olib keladi, deb qayd etib o‘tdi bosh vazir o‘rinbosari.
«Anqaraning Suriya bo‘yicha pozitsiyasi tushunarli. Turkiya Bashar Asad rejimi, kimyoviy hujum va qurolning oddiy turlari qo‘llanilishiga, qurolli to‘qnashuvlar, odamlarning halok bo‘lishi, suriyaliklarning qochqinlarga aylanishi, shuningdek turli terrorchilarga qarshidir», - deya aytib o‘tdi Bo‘zdog‘.
Bosh vazir o‘rinbosarining ishonch bildirishicha, raketa zarbalari Suriya muammosiga yechim topishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. «Aniqki, Suriyaga so‘nggi raketa zarbalari bu mamlakat muammosiga yechim topishda yordam bermaydi», - deya aytib o‘tdi Bo‘zdog‘.
Mavzuga oid

17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

21:12 / 23.05.2025