Tramp FQBning tarixdagi eng yomon direktori kimligini aytdi

Foto: Yuri Gripas/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp tarixda Federal qidiruvlar byurosining eng yomon direktori kim bo‘lganini ma'lum qildi. U bu haqda tvitterda yozgan.
Trampning fikricha, bu odam Jyeyms Komidir.
“Jyeyms Komi – har doim yomon tugallaydigan odam (aqlli odam emas!), u tarixga FQBning eng yomon direktori sifatida kiradi”, deb yozgan Tramp.
Tramp, shuningdek, Komining yodnomalarini yolg‘on, uning o‘zini esa yolg‘onchi deb atagan.
Komi Tramp tomonidan iste'foga ketkazilmaguncha FQBga 2013 yil 4 sentabrdan 2017 yil 9 maygacha boshchilik qilgan.
Mavzuga oid

17:17 / 16.05.2025
FTB sobiq direktori Trampni o‘ldirishga chaqirganlikda gumonlanmoqda

17:05 / 04.08.2024
“Undan hatto prezidentlar ham qo‘rqqan” – FQBni o‘lgunicha boshqargan shaxs

21:34 / 26.07.2024
Donald Tramp suiqasd ishi tergovi doirasida FQB tomonidan so‘roq qilinadi

18:43 / 07.06.2023