Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaga arab davlatlari kuchlari yuborilishi mumkinligi ma'lum qilindi
Saudiya Arabistoni Suriyaga arab davlatlari harbiy kontingentini yuborish imkoniyatini istisno qilmayapti. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Ar-Riyoddagi matbuot anjumanda aytib o‘tdi.
“Biz Suriyaga Islom aksilterrorchilik koalitsiyasini yuborishni muhokama qildik”, deb aytgan al-Jubayr hamda bu boradagi qaror tegishli murojaat olingandan keyin qabul qilinishini aytgan. Shu bilan birga al-Jubayr Suriyadagi inqirozdan chiqishning yagona yo‘li uni siyosiy yo‘l bilan hal qilish ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
16 aprelda The Wall Street Journal nashri AQSh prezidenti ma'muriyati Suriyaning Vashington tomonidan nazorat qilinuvchi qismida amerikalik harbiylarning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan harbiy kontingent shakllantirilishiga umid qilayotgani aytilgan. Ma'lum qilinishicha, Vashington Suriyadagi harbiy kontingentini almashtirish uchun arab kuchlarini yig‘ishga urinmoqda.
Islom koalitsiyasiga Fors ko‘rfazidagi qirolliklardan tashqari, Turkiya, Pokiston, Malayziya, Misr kabi yirik davlatlar kirgan. Koalitsiyaga kiruvchi davlatlar zarurat bo‘lganda Suriya va Iroqda terrorchilikka qarshi kurash uchun 34 ming harbiydan iborat kontingentni taqdim qilishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

21:42 / 07.07.2025
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

22:45 / 05.07.2025