Toshkent viloyati hokimi Xitoyga tashrif buyurdi
Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Chuntsin shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

20 aprelga qadar davom etadigan ushbu tashrif Toshkent viloyati va Chuntsin shahri munitsipal hukumati o‘rtasida xalqaro, tashqi iqtisodiy, savdo aloqalari, ilm-fan, texnologiyalar, bunyodkorlik, ijtimoiy va madaniy sohalarda hamkorlik o‘rnatish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.


Viloyat hokimi G‘.Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya 17 aprel kuni Xitoy poytaxti Pekin orqali Chuntsin shahriga yetib keldi. Yuqori darajada kutib olingan viloyatimiz delegatsiyasi vakillari shu kunning o‘zida “Chuntsin Ganchen” sanoat parki va “Jontia Energy Group Co.LTD” energetik korporatsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Toshkent viloyati delegatsiyasi tashrifning ikkinchi kuni – 18 aprelda o‘z ishini davom ettirib, Savdo-iqtisodiyot forumi va ikki tomonlama uchrashuvlarda qatnashadi. Shuning kun tartibidan “Xayfu” farmatsevtik kompaniyasi faoliyati bilan tanishish, Chuntsin meriyasi rahbariyati bilan uchrashuv va o‘zaro hamkorlik bo‘yicha tegishli hujjatlarni imzolash marosimi ham o‘rin olgan.

19 aprel kuni delegatsiya a'zolari “Zonshen Industrial Group Co.LTD” korporatsiyasi va Chuntsindagi Tszyulupo tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Shu kuni Tszyulupo tumani va Toshkent viloyati shaharlaridan biri o‘rtasida ikki tomonlama kelishuv imzolanishi ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025