Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Telegram bloklanganidan keyin ham g‘alaba qozondi»

Foto: Yevgeniy Razumnyy / Vedomosti
Telegram IP-manzillarni smartfonlardagi ichki funksiyalar orqali o‘zgartirish imkonini beradi, hamda shuning uchun u Roskomnadzorning bloklashga bo‘lgan urinishlariga qaramay, hamon ishlamoqda. Bu haqda messenjer sarmoyadori, Qiwi asosiy aksiyadori Sergey Solonin «Kommersant'» gazetasiga aytib o‘tdi.
«Telegram’dagi texnologiya smartfonlarda bo‘lgan ichki funksiyalar orqali IP-manzillarni dinamik o‘zgartirish imkonini beradi. Shu tariqa, Telegram manzillarni to‘xtovsiz tarzda o‘zgartirishi mumkin. Men Roskomnadzor uni qanday qilib butunlay bloklab qo‘yishi mumkin ekanini unchalik yaxshi tushunmayapman. Bu haqda avval o‘ylashmagani g‘alati, sababi bu ma'lum narsa edi», - deya aytib o‘tdi u.
Soloninning fikricha, Telegram’da o‘z auditoriyasini kengaytirish uchun barcha imkoniyatlar bor – foydalanuvchilar «sifatning o‘rniga ishonchlilik va himoyalanganlikni tanlaydi. Telegram kalitlarni hech kimga bermaydi. Nima uchun Rossiyada boshqacha bo‘lishi kerak?», - deya xulosa qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram tufayli 1 milliondan ortiq IP-manzilni bloklagandi.
Mavzuga oid

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

00:50 / 22.06.2025