Jahon | 15:35 / 23.04.2018
8862
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik diplomatlar Lotin Amerikasidan ham chiqarib yuboriladimi?

Foto: RIA «Novosti»

Rossiyaning Argentinadagi elchisi Viktor Koronelli so‘zlariga ko‘ra, Lotin Amerikasi davlatlaridan rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilmaydi. Bu haqda u Gazeta.ru’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatlarni chiqarib yuborishga mintaqadagi birorta ham davlat ko‘nmaydi.

«Britaniya-Amerika tashabbusiga faqat NATO a'zolari va ularning eng yaqin bir nechta ittifoqchilari qo‘shildi. Lotin amerikaliklarda o‘zining pozitsiyasi bor», - deya aytib o‘tdi Koronelli.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonining Britaniyadagi Solsberi shahrida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha izohi Argentinada «to‘la tushunish» bilan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Skripallarga suiqasdda asosiy gumonlanuvchilarni aniqlagani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid