Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDRga qarshi «psixologik urush»ni to‘xtatdi
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi qurolsizlantirilgan hududda KXDRga qarshi radiokarnaylardan eshittirishlar uzatish to‘xtatilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.

«Biz bunday chora o‘zaro ta'nalar va bir-biriga qarshi tashviqotni to‘xtatishiga olib kelishidan umid qilmoqdamiz», - deya ma'lum qilishgan mahkamadan.
Ta'kidlanishicha, eshittirishlarni to‘xtatish 2018 yilgi Janub va Shimol «sammiti arafasida tinch muhitni yaratish va harbiy keskinlikni kamaytirishga» bo‘lgan urinishdir.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya 2015 yildan beri KXDRga qarshi «psixologik urush» olib borgan bo‘lib, bunda kuniga bir necha marta radiokarnaydan Shimoliy Koreya tizimi hamda Pxenyandagi rahbariyatni tanqid qilishga bag‘ishlangan eshittirishlar uzatilgan.
Avvalroq Trampning KXDRdan sanksiyalarni qanday shartda olib tashlashi aytilgandi.
Mavzuga oid

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

18:28 / 10.07.2025
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi

09:56 / 10.07.2025
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi

23:21 / 07.07.2025