Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Torontodagi fojia sababi aytildi

Foto: Reuters
Tergovchilar Torontoda mikroavtobusning piyodalar ustiga haydab borilishi bo‘yicha ishda terrorizmni asosiy sabab sifatida ko‘rishmoqda. Bu haqda Reuters AQSh xavfsizlik tuzilmalaridagi manbaga asosan xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa shunchaki baxtsiz voqea bo‘lgani katta shubhaga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Torontoda mikroavtobusning piyodalar ustiga haydab borilishi oqibatida jabrlanganlardan biri hayotdan ko‘z yumgani, shu tariqa, hodisa qurbonlari soni 10 kishiga yetgani xabar qilingandi.
Torontoda oq tusli mikroavtobus piyodalar yo‘lkasiga chiqib, yo‘lovchilarni urib ketgan. Favqulodda hodisa shaharning Yong-strit va Finch avenyu ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Politsiya ushbu xatti-harakatni amalga oshirgan haydovchini ushlagan.
Mavzuga oid

08:20 / 30.06.2025
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam

16:35 / 28.06.2025
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi

18:54 / 10.03.2025