«Real» yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi bo‘ldi

Foto: Getty Images
Madridning «Real» klubi Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi dastlabki uchrashuvda irodali g‘alabaga (2:1) erishdi.
Natijada madridliklar Chempionlar ligasi uchrashuvlarida 150 marta g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. Bundan tashqari «Real» «Barselona»ning barcha yevrokuboklardagi umumiy g‘alabasi bo‘yicha rekordni ham takrorladi — 306 yutuq.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Chempionlar kubogi/ligasida jami 12 marta g‘olib chiqib rekord o‘rnatgan. «Qirollik klubi»joriy mavsumda ketma-ket uchinchi marta turnirda g‘alaba qozonishi mumkin.
Mavzuga oid

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

03:04 / 17.04.2025