Bir yilgacha stajda «dekret puli» miqdori – 75 foiz
Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga ishlangan davrga bog‘liq holda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar miqdoriga taalluqli o‘zgartirishlar kiritildi. Tuzatishlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdori ayol ishga qabul qilingan kundan boshlab amalda ishlangan vaqtiga qarab tabaqalashtirilgan:
• 6 oygacha – o‘rtacha oylik ish haqining 50%i;
• 6dan 12 oygacha – 75%i;
• 12 oydan ortiq – 100%i.
Endi esa 6 oygacha bo‘lgan ish stajida nafaqalarni to‘lash tartibi bekor qilindi va ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji bo‘lganda nafaqaning yagona miqdori belgilandi – 75%. Ya'ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy ishlab «dekret ta'tili»ga chiqqan bo‘lsa, uning nafaqasi miqdori ilgarigidek 50% emas, balki 75%ni tashkil etadi.
Mavzuga oid

21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi

17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi

07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

20:56 / 20.10.2024