Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:53 / 27.04.2018
8783
1 daqiqa o‘qiladi
Yevropa chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi

Foto: Twitter/ChampionsLeague
UYeFA Chempionlar ligasining o‘tgan haftadagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Muxlislar bergan ovozga ko‘ra, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. «Roma»ga qarshi uchrashuvda (5:2) misrlik futbolchi 2 gol va 2ta golli pasni amalga oshirdi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun, shuningdek «Real» himoyachisi Marselo ham da'vogarlik qilgandi.