Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
571 million so‘mdan ziyod sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari fosh etildi
Bojxona organlari huquqbuzarlik holatlarini erta aniqlash va ularga qarshi kurashish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda. Yaqinda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi, SVOJJDLKQ departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek quyishdi. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.S Farg‘ona shahri hududida joylashgan o‘z xonadoni oldida muqaddam qo‘shni davlatdan bojxona nazoratini chetlab, noqonuniy olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan,sifati kafolatlanmagan 11 million 346 ming so‘mlik 16 xil turdagi parfyumeriya mahsulotlarini fuqaro R. O. ga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlarini sotayotgan fuqaro X.S.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, uning yashash xonadonidan kiymati 560 million 378 ming so‘mlik 92 xil turdagi parfyumeriya tovar-moddiy boyliklari saqlanayotganligi aniqlandi.
Tadbir davomida umumiy qiymati 571 million 724 ming so‘mlik 108 xil turdagi noqonuniy parfyumeriya mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025