Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga doir memorandum imzolandi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar qo‘mitasi va Turkiya Respublikasi din ishlari boshqarmasi o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Memorandum ommaviy axborot vositalarida ziyorat turizmini ommalashtirishga doir keng ko‘lamli faoliyat, turizm sanoatida diniy va ta'limiy tadbirlar sonini ko‘paytirish, shuningdek jahon hamjamiyatiga islomning asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishga, islom boy merosini o‘rganish va saqlashga qaratilgan xalqaro tadbirlarni tashkillashtirishni ko‘zda tutadi.
Memorandum doirasida shuningdek O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida tanishuv safarlarini tashkillashtirish va ularning turistik salohiyatiga doir ma'lumotlarni taqdim etish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, sayyohlik salohiyatiga oid ma'lumotlar diniy tadbirlarda targ‘ib qilinadi.
Mavzuga oid

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025