Pokistonda ko‘mir koni o‘pirilishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2018 / Rizwan Tabassum
Pokistonning Kvetta shahri yaqinidagi ko‘mir konining o‘pirilishi oqibatida kamida 18 konchi halok bo‘ldi. Bu haqda Express Tribune nashri xabar berdi.
Daily Pakistan nashrining ma'lum qilishicha, yaqin atrofdagi yana bitta konda o‘pirilish yuz bergan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, halokat gaz portlashi sababli yuz bergan.
Ayni vaqtda yer ostida odamlar qolmoqda, ularni qutqarish bo‘yicha operatsiya olib borilmoqda. Voqea joyida mahalliy ma'muriyat vakillari ish olib bormoqda. Ular qutqaruv ishlarini boshqarishmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Pokistonda qo‘mir konlarining o‘pirilishi oqibatida har yili 100-200 kishi halok bo‘ladi.
Mavzuga oid

00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi

22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi

17:40 / 13.05.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi

20:54 / 12.05.2025