Jahon | 17:29 / 08.05.2018
2782
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi yonidagi chorrahaga Donald Tramp nomi beriladi

Al-Qudsdagi AQSh elchixonasi yonidagi chorraha kelasi hafta ochiladi va unga AQSh prezidenti Donald Tramp nomi beriladi. Bu haqda Al-Quds meri Nir Barkat ma'lum qildi.

Chorraha «prezident Donald Tramp sharafiga AQSh maydoni» deb nomlanadi. Kuni kecha bo‘lajak elchixona yonida yo‘l belgilari o‘rnatildi.

«Al-Quds Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgan AQSh prezidenti va fuqarolariga o‘z muhabbatini shunday izhor etmoqda. Prezident Tramp Al-Qudsni yahudiy xalqi poytaxti sifatida tan olishga qaror qildi, u tarixiy haqiqatni qo‘llab-quvvatlamoqda», - deya ma'lum qildi mer.

Foto: Facebook/@nir.barkat
Foto: Facebook/@nir.barkat

AQShning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan Al-Qudsga 2018 yilning 14 may kuni ko‘chiriladi. U Al-Qudsda ishlayotgan Amerika bosh konsulxonasi binosida ochiladi.

Mavzuga oid