Liviyalik dengizchilar 400 dan ko‘proq muhojirni qutqarib qolishdi

Foto: REUTERS
Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash otryadi O‘rta yer dengizida Afrikadan Yevropaga damlangan qayiqlarda yetib olmoqchi bo‘lgan 400 dan ko‘proq odamni qutqarib qoldi. Bu haqda Al Watan nashri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Liviyadan 3 ta qayiqda Yevropaga jo‘nagan 406 nafar noqonuniy muhojir Liviya sohillari yaqinida qutqarib qolingan. Ular orasida Misr, Tunis, Afrikaning yana bir nechta davlati fuqarolari bo‘lgan.
Barcha qutqarilganlar Tripoli yaqinidagi harbiy bazaga yetkazilganlar. U yerda ularga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni vaqtda qutqarilganlar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus xizmat ixtiyoriga topshirilgan.
Mavzuga oid

13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

09:05 / 31.01.2025