Video: «Hamburg» ilk marta Bundesligani tark etdi, klub muxlislari g‘azabga mindi

«Hamburg» tarixda ilk marta Germaniya chempionatida yuqori divizionni tark etdi.
Jamoa «Borussiya Menxengladbax»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi (2:1), ammo parallel kechgan uchrashuvda «Volfsburg» «Kyoln»ni yirik hisobda yengishi natijasida hamburgliklar 17-o‘rindan yuqori ko‘tarila olishmadi. Klub mavsumning oxirgi qismini juda kuchli o‘tkazgan bo‘lishiga qaramasdan, (6 o‘yinda 4 g‘alaba) o‘tish o‘yinlarida qatnasha olmaydigan bo‘ldi.
O‘yin oxirida «Hamburg» muxlislari maydonga fayyerlar uloqtira boshlashdi. Hakam o‘yinni tugata olmadi, 20 daqiqa kutishdan so‘ng ham tartibsizliklar bartaraf etilmagach, o‘yin yakunlangani haqidagi hushtak chalindi. Bu vaqt davomida maydon chetidagi reklama bannerlari yonib ketdi.

Mavzuga oid

23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi

07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

10:57 / 17.01.2025