Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil futbol klubi Trampga minnatdorlik sifatida o‘z nomini o‘zgartirdi
Al-Qudsning “Beytar” futbol klubi AQSh prezidenti Donald Trampga Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olishi qaroriga minnatdorlik sifatida o‘z nomiga uning nomini qo‘shib qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda klubning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

“70 yil davomida Al-Quds prezident Donald Tramp uni Isroilning abadiy poytaxti deb tan olmagunicha xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishini kutgandi. Prezident Tramp jasorat va Isroil halqi hamda uning poytaxtiga haqiqiy muhabbatini ko‘rsatdi. Shaharning eng taniqli ramzlaridan biri “Beytar” AQSh prezidentiga qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildiradi. Klub prezidenti va egasi ijrochi direktor bilan birga jamoa nomiga tarixiy qarorni qabul qilgan AQSh prezidenti nomini qo‘shishga qaror qildi. Endilikda klub “Beytar Tramp Iyerusalim” deb nomlanadi”, deb aytilgan klub bayonotida.
“Beytar” Isroilning 6 karra chempioni hisoblanadi. Klub 7 marta mamlakat kubogini, 2 marta Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

13:05 / 09.07.2025