Tojikiston G‘azo sektori bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Foto: EPA
Tojikiston Respublikasi G‘azo sektorida tinch tarzda norozilik bildirgan o‘nlab falastinliklarning halok bo‘lishi bilan yakunlangan qonli to‘qnashuvlarni keskin qoralaydi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.
Tojikiston Respublikasi, BMT Xavfsizlik kengashining hammaga ma'lum rezolyutsiyalari asosida nizoni hal qilish zarurligini ta'kidlab, barcha tomonlarni mintaqada tinchlik va barqarorlik asoslarini zaiflashtiruvchi harakatlardan voz kechishga chaqiradi, deyiladi bayonotda.
15 may kuni falastinliklar Isroil davlatining 1948 yil 14 mayda tashkil etilgani, arablarning Isroil hududidan ommaviy chiqarib yuborilgani munosabati bilan Nakba kuni yoki «Falokat kuni»ni nishonlaydi.
Avvalroq, 10 mingga yaqin falastinlik Isroil bilan G‘azo sektorining ma'muriy chegarasi hududida to‘plangani xabar qilingandi. Ayrim namoyishchilar chegara to‘sig‘idan o‘tishga urindilar.
Bundan tashqari, Al-Qudsda AQShning yangi elchixonasi ochilishi falastinliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
G‘azo sektorining ma'muriy chegarasida sodir bo‘lgan tartibsizliklarda halok bo‘lganlarning soni 60dan oshib ketdi, 2400dan ortiq falastinliklar yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda ayblagandi.
Mavzuga oid

16:38
Isroil tanklari G‘azodagi yordam tarqatish markazini o‘qqa tutdi: 26 kishi halok bo‘ldi

14:42 / 31.05.2025
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

14:14 / 31.05.2025
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi

11:42 / 31.05.2025