Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil HHK G‘azo sektorida HAMASga hujum qildi

Foto: Reuters/Amir Cohen
Isroil harbiy-havo kuchlari HAMASning G‘azo sektori shimoliy qismidagi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda RIA «Novosti» Isroil armiyasi xabariga asosan yozmoqda.
«Biroz vaqt muqaddam Isroil HHK qiruvchilari HAMASning shimoliy G‘azodagi terrorchilik obektlarini aniq nishonga oldi. To‘rtta obektda terrorchilik infratuzilmasi binolari bor edi, yana uchtasi – qurol ishlab chiqarish bo‘yicha obektlar», - deya xabar qilishgan armiyadan.
Armiya bayonotida ta'kidlanishicha, hujum yirik kalibrli pulemyotlardan o‘t ochilganiga javob bo‘ldi. Isroilning taxminicha, ular Sderot shahrini nishonga olishmoqchi bo‘lishgan. Shuningdek, Isroil armiyasining qo‘shimcha qilishicha, sektorda bir necha marotaba otishma bilan yuz bergan hujumlar kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arab davlatlari ligasi Al-Quds bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

07:36
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46
AQSh Isroil–Hamas muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

22:44 / 23.07.2025