Roskomnadzor Viber IP-manzillari bloklanganini rad etib chiqdi

Foto: Kommersant'
Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarovning aytishicha, uning idorasi Viber messenjeri ishida kuzatilayotgan nosozliklarga aloqador emas. bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Viber Media kompaniyasidan serverlarning bir qismi bloklangani, rossiyaliklarda esa ulanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganini ma'lum qilishgan.
Jarovning so‘zlariga ko‘ra, Viber IP-manzillari taqiqlangan resurslar reyestriga kiritilmadi, bundan ma'lumotlarni chiqarish reyestri darak beryapti.
«Viber muammolari Roskomnadzorning harakatlariga umuman aloqador emas», - deya ta'kidlab o‘tdi Jarov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada sudning Telegram’ga kirishni bloklash bo‘yicha qarori kuchga kirgandi.
Mavzuga oid

09:33 / 20.12.2024
Roskomnadzor «YouTubeʼga qarshi choralar uchun asoslar»ni e’lon qildi

12:41 / 14.12.2024
Rossiyada Viber messenjeriga kirish cheklandi

18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi

20:41 / 23.10.2024