Shahzoda Garri va Megan Markl oila qurdi
Britaniyalik shahzoda Garri va amerikalik aktrisa Megan Markl nikohdan o‘tishdi va Vindzor saroyining avliyo Georgiy ibodatxonasini tark etishdi.
Marosim qirollik oilasi a'zolari, juftlikning yaqin do‘stlari va ko‘plab mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Garrining kuyov jo‘rasiga akasi shahzoda Uilyam aylandi. Kelinni mehrobga shahzoda Charlz olib keldi. Yoshlarni arxiyepiskop Kenterberiyalik duo qildi.

Shahzoda Garri saroy kavaleriyasi polkining qora harbiy libosida bo‘lgan. Kelin Givenchy ko‘ylagini tanladi.
Marosimdan so‘ng Sasseks gersogi va gersoginyasi (yoshlar qirolichadan shunday unvonni olishdi) shahar markazi bo‘ylab aylanib o‘tish uchun ochiq lando (to‘rt kishilik buklama soyabonli arava)ga o‘tirishgan. Keyinchalik Vindzor saroyining avliyo Georgiy zalida 600 nafar mehmonga qabul o‘tkazildi.


Kechqurun esa Uels shahzodasi Frogmor-xausda yoshlar, ularning yaqin qarindoshlari va do‘stlari uchun kechki ovqat tashkillashtiradi.


Mavzuga oid

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

09:04 / 21.05.2025
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi

17:04 / 20.05.2025
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi

14:34 / 20.05.2025