Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yamaykalik Robben» grandlar nishonida

Myunxenning «Bavariya» klubi Leverkuzenning «Bayyer» klubining yosh yarim himoyachisi Leon Beylini qo‘lga kiritmoqchi.
ESPN nashri ma'lumotiga ko‘ra, Germaniya chempioni ushbu 20 yoshli yamaykalik transferi uchun 60 mln yevro sarflashga tayyor.
Ayni paytda ushbu futbolchiga Madridning «Real» klubidan ham jiddiy qiziqish mavjud.
Qirollik klubi rahbariyati agent Jorjye Mendesh ushbu transfer bo‘yicha ish olib borishni so‘ragan.
O‘z navbatida «Bavariya»dagilar Leon Germaniya chempionatida qolishni afzal ko‘rishiga ishonch bildirishmoqda, ammo myunxenliklar «Bayyer»ni rozi qilish uchun ko‘proq pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, «Bayyer» o‘z futbolchisini 100 mln yevroga baholagan.
O‘yin uslubi tufayli «Yamaykalik Robben» laqabini olgan Beyli joriy mavsumda jamoasining turli turnirlardagi 44 uchrashuvida maydonga tushdi va 12 gol urdi.
2017 yilda «Bayyer» Beylini Belgiyaning «Genk» klubidan 13,5 million yevroga sotib olgandi.

Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi

18:38 / 06.07.2025
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?

15:05 / 28.06.2025
Qanday xabarlarga ishonish, qandaylariga ishonmaslik kerak? – futboldagi transferlar haqida

18:12 / 15.06.2025