Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» atrofi obodonlashtirildi – IIBB
Yakkasaroy tuman hokimligi bilan hamkorlikda «Moviy gumbazlar» restorani nomi bilan mashhur bo‘lgan xiyobon hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Hudud chiqindilar, qurigan shox-shabbalardan tozalanib, daraxt va o‘simliklarga shakl berildi. Shuningdek, piyodalar yo‘laklari va favvoralar ta'mirlanib, oqava suvlar tizimi soz holga keltirildi, ustunlarga yangi yoritgichlar o‘rnatilgan.



Dam olish kunlari bu yerda Toshkent shahar IIBB tashabbusi bilan Yakkasaroy tumanida joylashgan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.






Mavzuga oid

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:12 / 14.06.2025