Sherzod Qudratxo‘jayev O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori etib tayinlandi

Foto: Xalkaro Press klub
Xalqaro Press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
O‘tgan yili dekabrda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida ayni universitetni tashkil etish zaruriyati haqida gapirib o‘tgandi. Shu yil 24 may kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
Endilikda yangi tashkil etilgan oliygohning birinchi rektori etib, XPK rahbari, jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev tayinlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qudratxo‘jayevga jurnalistlarga ta'lim berish begona faoliyat emas. U bunga qadar O‘zbekiston Milliy universitetida ham talabalarga dars bergandi.
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

22:57 / 05.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

12:48 / 04.10.2024
Antikorrupsiya agentligi tadbirkor rektor ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi

21:01 / 08.05.2024