Hindiston Agni-V ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Foto: ANI News
Yakshanba kuni Hindiston 1 tonnadan ortiq massali yadroviy jangovor qismlarni tashishga qodir Agni-V qit'alararo ballistik raketasining sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. ANI axborot agentligi shu haqida xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, sinovlar sharqiy Odish shtati qirg‘og‘idagi Abdul Qalam orolida joylashgan poligonda bo‘lib o‘tgan. Bu raketaning oltinchi muvaffaqiyatli sinovlaridir. Oxirgi sinovlar 2018 yilning 18 yanvarida o‘tkazilgan edi.
Agni-V'ni ishlab chiqarish Hindistonga 25 milliard rupiy (480 million dollar)ga tushdi. Raketadan shuningdek sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga olib chiqishda ham foydalanish mumkin. Uch bosqichli raketaning uzunligi - 17 metr atrofida, og‘irligi esa - 50 tonnaga yaqin.
Agni seriyasidagi ballistik raketalar Hindiston mudofaa vazirligi boshqariluvchi raketalari ishlanmalari kompleks dasturi doirasida yaratilgan. Hozirda Hindiston tasarrufida bunday raketalarning to‘rt turi mavjud: Agni-I (700 km'gacha parvozni amalga oshiradi), Agni-II (2 ming km'gacha), Agni-III va Agni-IV (2,5 ming km'dan to 3,5 ming km'gacha).
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

14:18 / 22.05.2025
AQSh yana Rossiyagacha yetib boradigan raketani sinovdan o‘tkazdi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025