Bosqinchilik tufayli sodir etilgan qotillik aniqlanib, jinoyatchi qo‘lga olindi

Illyustrativ foto/ul.aif.ru
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida 6 iyun kuni O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Anjyella” kafesi oldidan fuqaro B.I.ning boshida jarohatlari bilan jasadi topilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Lokomotiv ko‘chasida yashovchi S.A. bosqinchilik maqsadida sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda qotillik sodir etgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid

20:26 / 29.05.2025
54 kun qidirilgan murda: navoiylik oshiq-ma’shuq qotillar

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

19:54 / 08.05.2025