Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Toshkent dengizi yangi avtobus yo‘nalishi ochildi

Foto: KUN.UZ
10 iyun kunidan Toshkent shahri (Istiqlol ko‘chasi) - Nurafshon (To‘ytepa) - Tuyabo‘g‘iz (Toshkent dengiz) shahar tashqarisidagi yangi avtobus yo‘nalishi ochildi. Bu haqda Toshtrans xabar bermoqda.
Narxlar: Nurafshongacha 1500 so‘m, Tuyabo‘g‘iz (Toshkent dengizi)gacha 2000 so‘m.
Yo‘l vaqti 1 soat 10 daqiqa, yo‘nalish uzunligi 41,5 km, harakatlanish oralig‘i 30 daqiqa.
Toshkentdan birinchi qatnov soat 07:00, oxirgisi - 18:00da. Tuyabo‘g‘izdan birinchi qatnov 05.20da, oxirgisi esa 18:30da.
Qatnov SAM AUTO LE-60 avtobuslarida amalga oshiriladi.
Yo‘nalish: Istiqlol ko‘chasi, Amir Temur xiyoboni, 6-sonli tug‘uruqxona, 145-maktab, Farg‘ona avtotrassasi, Farg‘ona bozori (Risoviy), Qo‘yliq bozori (bozorga kirmasdan), Bektemir, Bektemir avtotrassasi, Toshkent yo‘li, Nurafshon shahri (To‘ytepa), Tuyabo‘g‘iz poselkasi (Toshkent dengizi).
Mavzuga oid

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

09:05 / 20.07.2025
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:04 / 18.07.2025