Navoiyda mudhish YTH: 3 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi jarohat oldi

Foto: Kun.uz
Navoiy viloyatining Konimex tumanida 14 iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Navoiy-Uchquduq” yo‘lida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi natijasida avtomashina ag‘darilib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada, avtomashina yo‘lovchilari, Zarafshon shahrida yashagan P.X. jarohat olib voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, ushbu shaharda yashagan S.E. ismli ayol hamda uning qizi maktab o‘quvchisi A.R. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ular kasalxonada vafot etganlar.
Shu bilan birga, avtomashina haydovchisi Sh.E. va uning qolgan yo‘lovchilari, Zarafshon shahrida yashovchi G.O‘. ismli ayol va uning turmush o‘rtog‘i Buxoro davlat universiteti 1-bosqich talabasi, X.R. jarohat olganligi sabab kasalxonaga yotqizilgan hamda ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025